O‘qituvchilar bilan birga qurilayotgan platforma
BSB bitta maktabdagi oddiy ehtiyojdan boshlandi: informatika fanidan oraliq nazoratni qog‘ozsiz, kompyuterda o‘tkazish va yozma javoblarni tekshirishga ketadigan soatlarni qisqartirish.
Qanday boshlangan
Birinchi versiya 2026-yil sentabrda ishga tushdi: o‘quvchi sinfini va ismini tanlab, doskadagi kod bilan testga kirardi. Yopiq savollar avtomatik, yozma javoblar AI yordamida tekshirilardi.
Keyingi haftalarda o‘qituvchilar har kuni nimadir so‘radi. Rasmli topshiriqlar, darslik asosida tekshirish, tasodifiy savollar, jadvalli javoblar, boshqa fanlar, har bir o‘qituvchiga alohida login, loyiha ishlari. Har bir taklif keyingi versiyaga kirdi. Bir oy ichida 9 ta versiya chiqdi, ularning hammasi Yangilanishlar sahifasida.
Nimaga tayanamiz
- O‘qituvchi vaqti
Tekshirish, chop etish va arxivlashga ketadigan vaqt darsga qolsin.
- Oxirgi so‘z — o‘qituvchida
AI taklif qiladi, ballni o‘qituvchi tasdiqlaydi va natijani o‘zi ochadi.
- Insoniy baholash
Qisqa, lekin to‘g‘ri javob ball yo‘qotmaydi, qayta baholashda ball pasaymaydi. Bolaning ruhi tushmasin.
- Ma’lumot xavfsizligi
Har bir o‘qituvchi faqat o‘z sinflari va natijalarini ko‘radi. Batafsil — Maxfiylik sahifasida.
- Ochiqlik
Har bir o‘zgarish va tuzatilgan har bir xato yangilanishlar ro‘yxatida yoziladi.
Blog muallifi
Biz bilan bog‘laning
Platformani o‘z sinfingizda sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz yoki taklifingiz bo‘lsa, aloqa sahifasida ariza qoldiring.